Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«E-IJRO AUKSION»da davlat ko‘chmas mulk obektlarini sotish tartibi tadbirkorga qanday yengillik taqdim etdi?
«E-IJRO AUKSION»da davlat ko‘chmas mulk obektlarini sotish tartibi orqali shu vaqtgacha 353ta bo‘sh turgan bino sotuvga chiqarildi.
«Davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoniga asosan, 1 so‘mga teng davlat ko‘chmas mulk obektlari «E-IJRO AUKSION»da sotilishi va ular to‘liq sotilmagunga qadar savdodan olinmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktor o‘rinbosari To‘lqin Nabiyevning ma'umot berishicha, ayni paytgacha 353ta bo‘sh turgan bino sotuvga chiqarilib, bozor mexanizmlariga asoslangan sharoitda ularning 99tasi sotilishiga erishildi. Har bitta obektga 7tadan talabgor to‘g‘ri kelgani ham ijobiy o‘zgarish.
«Avvallari bitta tumanda biror obekt sotilishi jarayonida targ‘ibot ishlari yetarli bo‘lmagani tufayli yerlik aholining ko‘pchiligi xabardor bo‘lmagan. Bugungi kunda elektron auksion orqali ko‘chmas mulk obektlari sotila boshlanishi esa butun respublikaga to‘liq ma'lumot yetkazish, xorijiy investorlarni ham axborot bilan ta'minlash imkoni yaratildi», deya To‘lqin Nabiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat ko‘chmas mulk obektlari va davlat ulushlari uchun sotib olishga 3 oydan 3 yilgacha bo‘lib to‘lash huquqi ham berildi.
«Buning afzalligi tadbirkorlar biror obektni sotib olganda uning aylanma mablag‘lari bo‘lmasligi ham mumkin. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali ular foizli kredit olish o‘rniga pulni iqtisod qilib qolib, muddatli to‘lovni amalga oshirishlari mumkin», - deya qo‘shimcha qildi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktor o‘rinbosari.
Shuningdek, To‘lqin Nabiyevning ta'kidlashicha, oldingi tartib bo‘yicha, tadbirkor obektni ish o‘rinlari yaratish majburiyati bilan sotib olgandan so‘ng kamida 1 yil ish o‘rinlarini o‘sha holatda saqlab qolish majburiyati bo‘lgan. Katta miqdordagi investitsiya majburiyatini bajargan taqdirda ham tadbirkor agar ish o‘rinlarini saqlab qolmagan bo‘lsa, u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan yoki tasarruf etish huquqini beruvchi order berilmagan.
«Hozirgi kunda bu talab bekor qilindi. Chunki investitsiya va ish o‘rni yaratish majburiyatini bajargan kuniyoq order berish tartibi joriy qilindi. Chunki axborot texnologiyalari rivojlangani sayin 20 nafar xodim qilishi kerak bo‘lgan loyihani 1 yildan keyin 2 kishi ham amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun bu tartib bekor qilingani tadbirkorlarni turli noqulayliklardan qutqaradi», - deya izoh berdi To‘lqin Nabiyev.
Mavzuga oid
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
20:38 / 07.04.2026