Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:33 / 16.10.2019
5046
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikada armiya patruliga hujum qilinishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP Photo / Rashide Frias
Meksikaning Gerrero shtatida armiya bo‘linmasi qurollangan guruh hujumiga uchradi. Hujum oqibatida bir askar va 14 fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda shtat mudofaa vazirligi vakili Roberto Alvares xabar qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea joyida Meksika bosh prokurori Xorxe Barrila ish olib borgan.
Bundan bir kun avval ham Meksikaning Michoakan shtatida politsiya konvoyiga hujum qilinishi oqibatida 14 politsiyachi halok bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlik “Xalisko yangi avlodi” narkokarteli a'zolari zimmasiga yuklanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish