12:00 / 16.10.2019
5
22438

Xotirjam Abramov, bitta golni uchinchi marta takrorlagan Odil - Singapurdagi o‘yindan katta galereya

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yinda muhim g‘alabaga erishib «D» guruhi yetakchisiga aylanib oldi. 3:1 hisobida yakunlangan bu o‘yinda Abramov jamoasi osonlikcha g‘alaba qozondi deb bo‘lmaydi, chunki Singapur jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.

O‘yinning 15-daqiqasidayoq hisob ochilgach, hammasi biz uchun oson davom etadigandek ko‘ringandi. Odil Ahmedov Sanjar Qodirqulovga qarshi qo‘pollik uchun belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi. Odil xudda Qatar va Ummonga urgan gollarini takrorlagandek bo‘ldi. Biroq birichi bo‘lim yakunida mezbonlar hisobni tenglashtirishni uddalashdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa o‘tgan o‘yinda ish bergan kombinatsiya yana samara keltirdi. Farrux Sayfiyevning qanotdan uzatgan to‘pini Eldor Shomurodov bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Bu Eldorning milliy jamoa safidagi 15-goli bo‘ldi. Ammo bu hali hammasi emasdi. Goldan ko‘p o‘tib bo‘sh darvozaga gol ura olmagan Shomurodov baribir dubl qayd etdi.

90+2-daqiqada holdan toygan raqib himoyachilarini «ko‘rdim demay» ortda qoldirgan Ikrom Aliboyev ajoyib uzatma bilan Eldor Shomurodovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi. Eldor darvozabonni ham aldab o‘tib gol urdi.

O‘yindan oldin deyarli gapirmagan Vadim Abramov Singapur mag‘lub etilganidan so‘ng «ochildi». Xuddiki endi yengil nafas olish mumkin degandek. O‘yin davomida ham Abramov o‘zini xotirjam tutdi. Murabbiy Yaman bilan o‘yindan keyin aytganidek, g‘alabalardan sarmast bo‘ladigan yoshdan o‘tgani ko‘rindi.

Quyida Singapur — O‘zbekiston o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Suratlar muallifi: Muhammadjon G‘aniyev.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top