Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya kompaniyalari O‘zbekiston gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish loyihasida ishtirok etadi
Yaponiya kompaniyalari “O‘zbekiston Respublikasi gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi”da ishtirok etadi. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, Yaponiyaning Itochu Corporation va Marubeni Corporation kabi yetakchi kompaniyalari “Dispetcherlik markazi, monitoring va gaz infratuzilmasi obektlarini boshqarishni (SCADA) joriy etish bilan O‘zbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini modernizatsiyalash” loyihasini hamkorlikda amalga oshirish borasida qiziqish bildirgani munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish loyihasi” taqdimoti o‘tkazildi. Yaponiya kompaniyalari loyihaning Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tenderda ishtirok etish istagida ekanliklarini, loyihaning ikkinchi bosqichida esa Yaponiyaning imtiyozli moliyalashtirishini jalb etish bilan qatnashish fikrida ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, uchrashuvda loyihaning ikkinchi bosqichini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar joriy yilning noyabr oyida Yaponiya kompaniyalari ishtirokida loyihaning ikkinchi bosqichini moliyalashtirish va amalga oshirishni batafsil muhokama qilish maqsadida ishchi guruhlar o‘rtasida qo‘shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026