Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda masjiddagi portlashlar qurbonlari soni 62 nafargacha oshdi
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi masjid binosida juma namozi vaqtida yuz bergan portlashda halok bo‘lganlar soni 62 nafargacha oshdi.
Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Shuningdek, 60 kishi yaralangan. Avvalroq portlashda 17 kishi, keyinroq esa 31 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
“Pajvak” agentligi Xaska Mino tumanidagi masjid binosiga juma namozi vaqtida raketalar kelib urilganligi haqida xabar qilgandi.
“Kamida ikkita portlash yuz bergan, oqibatda masjid tomi o‘pirilgan, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan va yaralangan”, deb ma'lum qilgan viloyat kengashi raisi Ahmad Ali jurnalistlarga.
Ayni vaqtda mamlakatda harakat qiluvchi ekstremistik guruhlardan birortasi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026