Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomasini qalbakilashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi «Karvon bozori» hududida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi M.Sh. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, haydovchining 2016 yil 28 sentyabrda sodir etgan jinoyati fosh qilindi.
«Postda» nashrining yozishicha, avtomobil egasi M.Sh. kompyuter texnikasidan foydalanib, haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloniga «Imtihon komissiyasi raisi imzosi» va «Shaxsiy imzo» grafasidagi imzolarni hamda Surxondaryo viloyati IIB Sho‘rchi 3-TRIBning dumaloq muhrining shaklini rangli printer yordamida qalbakilashtirib, shu paytgacha undan foydalanib kelganligi aniqlandi.
Hozir ushbu holat yuzasidan fuqaro M.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026