“Metsenatlik töğrisida”gi qonun e'lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Metsenatlik – bu homiylik, biroq alohida olingan sohalarda: madaniyat va san'at, ilm-fan, ta'lim, ma'rifat hamda madaniyat va san'atni rivojlantiriş bilan boğliq boşqa faoliyat. Jismoniy va yuridik şaxslar, rezident va norezidentlar metsenat bölişi mumkin. Faqat Özbekiston fuqarolari ulardan kömak olişlari mumkin.
 
Metsenatlik faoliyati – ixtiyoriy, uning maqsadlarini tanlaş – erkin. Heç kim qonunda belgilangan maqsadlarni tanlaş erkinligini çeklaşga haqli emas:

• mamlakatning madaniy meros obektlarini saqlaş, muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş uçun şart-şaroitlar yaratiş, uşbu sohada tegişli dastur va loyihalarni amalga oşirişda iştirok etiş;
• madaniyat va san'at sohasidagi kasbiy faoliyatni, şu jumladan  yoş iste'dodlarni va arboblarni qöllab-quvvatlaş;
• jismoniy va yuridik şaxslarning madaniyat va san'atni rivojlantirişda iştirok etişi uçun ma'naviy rağbatlantiriş omillarini hamda boşqa omillarni kengaytiriş.
 
Qöllab-quvvatlaş sifatida mol-mulk beğaraz berilişi, işlar bajarilişi, xizmatlar körsatilişi mumkin va b. Metsenatlar va kömak oluvçilar örtasidagi özaro munosabatlar ular örtasida tuzilgan şartnoma asosida amalga oşiriladi. Kömak oluvçilar doirasi va uning şaklini metsenat mustaqil ravişda belgilaydi. Metsenatlikni Davlat budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriş mumkin emas.
 
Davlat metsenatlarni qöllab-quvvatlaydi, şu jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalari bilan qöllab-quvvatlaydi.  Xususan, amaldagi Soliq kodeksida homiylik qismida yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği, import qilişda QQS va aksiz soliği böyiça imtiyozlar nazarda tutilgan (SKning 159-moddasi, 1-bandi, 211-moddasi 4-bandi, 230-moddasi 2-qismi 3-bandi 2-xatboşi). Bundan taşqari, metsenatlarni davlat yoki boşqa mukofotlar bilan taqdirlaşlari, nomlarini abadiylaştirişlari mumkin.
 
Bunda kömak körsatiş fakti va uning maqsadlari faqat metsenatning roziligi bilan tarqatilişi mumkin. Jamoatçilikka yetkaziş uçun OAV va Internetdagi axborot resurslaridan foydalanişlari mumkin.