Bloomberg: jahon iqtisodiyoti pasayib ketishidan birgina xato ajratib turibdi
Davlatlar markaziy banklarining kelishilmagan harakatlarisiz jahon iqtisodiyoti 0,5 foizga pasaygan bo‘lardi, deb hisoblaydi Xalqaro valuta jamg‘armasi.
XVJ ushbu haftada 2019 yildagi jahon YaIM prognozini 3 foizgacha va 2020 yil uchun 3,4 foizgacha pasaytirdi. Bu tashkilotning keyingi o‘n yillikdagi eng yomon prognozidir. Tashkilot jahon retsessiyasi sur'atini yiliga 2,3 foiz darajasida baholamoqda, deb yozadi Bloomberg.
Ammo jamg‘arma mutaxassislarining fikricha, vaziyat 2008-2009 yillardagi so‘nggi jahon iqtisodiy inqirozidan keskin farq qiladi. So‘nggi inqirozdan farqli ravishda davlatlar markaziy banklari miqdoriy yumshatishning kelishilgan siyosatini amalga oshirmoqda, deb ma'lum qildi XVJning bosh iqtisodchisi Gita Gopinatx.
Uning so‘zlariga ko‘ra, busiz jahon YaIMning o‘sish sur'ati 0,5 foizga past bo‘ladi. Miqdoriy yumshatish siyosati kompaniyalarga mablag‘ olishning arzonroq usullarini taqdim etishdir.
Birinchi bo‘lib bunday siyosatni 2018 yilda bank rezervlariga bo‘lgan talabni pasaytirib Xitoy xalq banki boshlab berdi. Uning ortidan Federal zaxiralar tizimi stavkani ikki baravarga pasaytirdi.
Yevropa markaziy banki ham ekspertlar maslahatiga rioya qilib asosiy stavkani pasaytirdi. So‘ngra 10 yilga yaqin vaqt davomida o‘z stavkasini salbiy darajada tutib turgan Yaponiya banki stavkalar o‘sishining oldini olib o‘z obligatsiyalarini sotib ola boshladi.
Mavzuga oid
20:41 / 12.04.2021
XVJ: Pandemiya tufayli zarar ko‘rgan Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida qarzdorlik darajasi oshishi mumkin
18:47 / 07.04.2021
XVJ global iqtisodiyot bo‘yicha prognozlarni yangiladi
16:14 / 18.02.2021
XVJ: O‘zbekiston hukumati davlat korxonalari uchun imtiyozlardan voz kechishi kerak
16:46 / 20.10.2020