Jamiyat | 19:04 / 21.10.2019
3675
2 daqiqa o‘qiladi

Maishiy texnika buyumlarini yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi

Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan bojxona qonunchiligini buzishga uringan qing‘ir niyatli kimsa fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“Xovosobod” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.M. bojxonachilar e'tiborini tortdi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs umumiy qiymati 49 million so‘mlik 14 dona noutbuklarni bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida ushbu post orqali harakatlangan boshqa fuqarolar ko‘magida noqonuniy tarzda olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Mavzuga oid