To‘qqiz oyda onlayn auksion orqali necha so‘mlik avtoraqamlar sotilgani aytildi
2019 yil to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, birjaning onlayn auksionida 113,2 mlrd so‘mlik 26 820 avtoraqam sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 mln so‘mni tashkil etdi.
“O‘zRTXB” AJ umumiy savdo aylanmasi hajmi 31,6 trln so‘mni tashkil qildi va 2018 yilning 9 oylik yakuniga nisbatan 41 %ga o‘sdi. Kichik va xususiy tadbirkorlar ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2018 yilning mos davri bilan solishtirganda 36 %ga o‘sib, 15,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Birja savdolari orqali tuzilgan bitimlarning hajmi 2018 yilning 9 oylik yakuniga nisbatan 35 %ga o‘sib, 27,7 trln so‘mni tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar savdolar davomida bozor narxlarining shakllanishi evaziga 1,5 trln so‘mlik qo‘shimcha daromad oldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida elektron davlat xaridlari bo‘yicha 2,6 trln so‘mlik bitimlar tuzilib, mablag‘larning tejalishi – 542,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rgazma yarmarka savdolarida 26 %ga o‘sib, 1,1 trln so‘mlik bitimlar tuzildi.
Birjaning valuta savdo maydonchasi va ko‘rgazma-yarmarka savdolari orqali 105,8 mln AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 %ga ko‘pdir. Shu jumladan birja eksportining tarkibini paxta tolasi (47 %), polietilen (31,5 %), neft mahsulotlari (13 %) va suyultirilgan gaz (7,8 %) kabi tovar pozitsiyalari egalladi.
Mavzuga oid
11:38
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024
Toshkentda 230 ta qoidabuzarlik qilgan ayol haydovchining Lacetti’si xatlanib, auksionda sotib yuborildi
13:25 / 21.05.2024