Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh shaxslar MChJning juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritdi
Illyustrativ foto
Toshkentda MChJning juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar F.R., B.Z., Sh.A., YaTT R.K. va “Kamol” ismli shaxslar, Buxoro shahridagi “X-A” MChJ bosh hisobchisi M.D.ning ishonchiga kirib, jamiyatdan YaTT R.K. hisob raqamiga qurilish ishlari uchun o‘tkazilgan 340 mln. so‘mni turli savdo tarmoqlariga o‘tkazish orqali naqdlashtirib, “X-A” MChJning juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishganligi aniqlangan.
Fuqaro F.R. tomonidan firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘larning 9.500 AQSh dollariga yengil avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar F.R., B.Z., Sh.A., YaTT R.K. va “Kamol” ismli shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026