Dunyodagi eng qimmat şahar – Singapurga fotosayohat
|20:00 / 22.10.201955 53110 min
Juda ham ozoda şaharligi alohida ta'riflanadigan Singapur çindan pokiza köçalari bilan odamni hayratda qoldiradi. Bu ajoyib şahar internetda tasvirlanganidan ham gözalroq. Çinakam osmonöpar Singapur taassurotlarini siz bilan örtoqlaşsak.
Özbekiston milliy jamoasi 15 oktabr kuni JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Singapurga qarşi öyinda maydonga tuşdi. Şu bahonada bizga ham dunyoning eng qimmat şahriga safar qiliş baxti nasib etdi.
Samolyot 8 soatlik parvozdan söng Singapur xalqaro aeroportiga qönişi bilan odamga gup etib issiq havo urildi. Vaholanki, biz borganimizda soat keçasi 23:00dan oşgandi. Singapurning sun'iy favvoralari bor aeroportiga kirmadik, çunki charter reyslar uçun möljallangan samolyot yölovçilari boşqa yerdan şaharga çiqişarkan.
Şu örinda, ÖFA futbolçilar uçun charter reys taşkil qilgani juda töğri iş bölganini aytiş kerak. Futbolçi yölovçi samolyotida uçsa, köp vaqtini parvozda ötkazişga majbur böladi va çarçaydi.
«Dunyoning eng qimmat şahriga xuş kelibsiz»
Aeroportdan töğri mehmonxonaga yöl oldik. U yerda ÖFA taşqi aloqalar bölimi vakillari va Temur Kapadze futbolçilar uçun barça şaroitlarni tayyorlab turişgandi.
Qabulxonada xonamiz uçun tölov qilayotganda Singapur dunyoning eng qimmat şahri ekani afsona emasligiga ilk marta amin böldik. Doim tabassum qiluvçi va ingliz tilida sözlar qanday yozilsa, şunday talaffuz qiladigan mehmonxona xodimi bitta xona uçun 536 Singapur dollari tölaşimizni, bu esa 402 AQŞ dollariga teng bölişini şunçalik çiroyli qilib aytdiki, göyo «Sizdan 42 ming söm, janob» degandek eşitildi.
Bu narxdan söng beixtiyor «Dunyoning eng qimmat şahriga xuş kelibsiz», dedim içimda.
Bankomatda 450 AQŞ dollarini Singapurning bejirim dollariga almaştirdik, ammo bu pul ham xona tölovi uçun yetmadi. Haligi doim kulib turadigan xodimning aytişiça, bankomatdagi kurs rasmiy kursdan farq qilarkan (kurs faqat bizda «öynamas ekan»).
Yonimizdagi barça pulimizni «maydalagan» bölsak-da, mehmonxonada özbeklar köpligi uçun xotirjam holda xonaga kötarildik. Mehmonxonadan 15 dollar qarz böldik va ertaga berişga kelişdik (nasiya Osiyoning eng boy davlatlarida ham bor ekan).
Xonamizga joylaşgaç, biz bilan birga Singapurga uçgan Championat.asia sayti yigitlari çaqirib qolişdi. Ma'lum bölişiça, mehmonxona xodimlari bizni ham futbolçilar kabi ertaga soat 17:00gaça qoladi deb, xonalarni ikki kunga band qilgan ekan. Çunki 12:00dan keyin mehmonxona uçun yangi kun hisobi boşlanadi. Axir Singapurga ilk marta kelib, faqat mehmonxonada ötirmaymiz-ku, şu sabab xonamizni bir kunga band qildik va qolgan pulimizni qaytib berişdi.
Mavzuga oid
Şunday qilib, Singapurdagi mehmonxonada bir keça tunaş va ertalabki nonuşta 240 AQŞ dollariga tuşdi.
Tupurganlik uçun jarima — 1 000 dollar!
Ertasi kuni nonuştadan söng şahar aylangani çiqib ketdik. Singapur köçalarining tozaligiga çindan qoyil qoliş mumkin. Mamlakat bunday natijaga keskin taqiqlar yordamida erişgan. Masalan, köçaga tupurgan odam kameralarga körinadi va 1 000 Singapur dollari miqdorida jarima tölaydi. Bu – 750 AQŞ dollari degani.
Jamoat joyida saqiç çaynaş, belgilanmagan joylarda çekiş va çiqindi taşlaş jarimasi ham şunça. Bilmasdan mahalliy maymunlarga ovqat berib qöysangiz, 250 dollar; maşina haydayotib telefonda gaplaşsangiz, 500 dollar jarima tölaysiz. Darvoqe, u yerda ulovlar çap qöl qoidasiga amal qilgan holda haydaladi.
Singapurda jarimadan qutulib qoliş imkonsiz, çunki jarimani röyxatdan ötkazadigan odamning özi yöq. Hamma yerda kamera bor va harakatlaringiz töliq nazorat qilinadi. Bejizga bu mamlakat eng xavfsiz degan nomni olmagan axir.
Şaharni aylanmoqçi ekanimizni aytganimizda, mehmonxona xodimi metro xizmatidan foydalanişni tavsiya qildi. Metroga tuşdik va Singapurning maşhur savdo markazi Marina beyga borişga qaror qildik.
Singapur metrosiga kirar ekanman, xayolimda bir fikr aylandi: Toşkent metrosi – dunyodagi eng qulay metro!
Singapurda metroga çipta-kartasini olib kirişning özi bir jarayon. U yerda kassirning özi yöq, hammasi avtomatlaşgan. Kartaning narxi ham bir xil emas. Qayergaça borişni xohlasangiz, öşa bekatni bosasiz va sizga karta çiqarib beradi.
Narxlar neçta stansiya yurişingizga qarab belgilanadi. Marina beygaça bir kişi örtaça 1 AQŞ dollaridan tölab yetib oldik.
Metroda bunday sistemaning yölga qöyilganini keyin tuşungandek böldim. Bizning metroda odamlar soni köpayişi uçun harakat qilinadi, Singapurda esa metrodagi odamlar oqimi kamayişi uçun şunday sistema öylab topilgan. Siz qaysi bekatgaça borişingizni aniq körsatib, çipta-karta sotib olasiz. Keyin yana öşa kartani körsatib, bekatdan çiqib ketasiz.
Masalan, siz «Ğafur Ğulom» bekatiga boraman deb, «Tinçlik» bekatiga kelsangiz, çiqişdagi turniket sizni taşqariga çiqarmaydi, çunki siz keragidan köproq bekat yurib yuborgansiz. Çiqiş uçun qöşimça pul tölaysiz. Bunday sistema metroda bekorçilar aylanib yurişining oldini oliş uçun qilingan.
Xullas, bir amallab Marina beyga yetib keldik. Baland binolarning gözalligi odamning aqlini şoşiradi. Tuşunişim böyiça, bu binolarning köpi – xalqaro banklar. Singapur turizmdan pul topişga unçalik qiziqmasligiga asosiy sabab aynan u yerdagi biznes markazlar va banklarning köpligida.
Singapur köçalaridagi havo öta toza ekanini aytiş kerak, çunki u yerda deyarli sanoat korxonasi yöq. Bundan taşqari, şaharda juda-juda köp daraxt ekilgan. Daraxtlarning çiroyini esa sözda ta'riflab bölmaydi.
Marina bey atrofidagi binolari içida nilufar guli körinişidagi muzey ajralib turadi. Töğrisi, bu binoni körib insonning fantaziyasi çek-çegara bilmasligiga amin böldim. Nilufar guli körinişidagi muzeyning pastida tabiiy nilufar gullari ekilgan. Ularning gözalligini rasmlarda körişingiz mumkin. U yerda esayotgan yengil şabada manzarani yanada yoqimli qiladi.
Şahardagi köpriklar sonida adaşib ketişingiz aniq. Ularning barçasi özgaça dizaynda qilingani esa şahar boş rejasi xafsala bilan tuzilganini körsatadi.
«Singapur yuragidan» yana mehmonxonaga qaytiş uçun avtobusdan foydalandik. 71-avtobus oltovimizni mehmonxona yaqinidagi bekatgaça 9 dollarga olib ketdi. Avtobusga bizdan boşqa yölovçi deyarli çiqmadi. Hayronman, ular qanday plan topşirişadi.
Bahaybat labirint-stadion...
Stadionga yetib borgaç, uning qançalik bahaybatligini kördik. Juda gözal va mahobatli stadion xuddi labirintga öxşaydi. U yerdan adaşmay çiqib ketişning özi bir baxt men sizga aytsam.
Öyin tugaganidan söng (öyinga töxtaliş şart bölmasa kerak, bu haqda yetarliça yozdik) adaşib qolganimiz 15 oktyabrni heç qaçon yodimizdan öçmaydigan sanaga aylantirdi. Stadionning buriliş va eşiklari köpligidan çiqiş eşigini topolmay qoldik...
Şunda dunyoning tört tomonida ham özbeklar borligi bizga yordam berdi.
Mehmonxonada bir özbek yigit bilan tanişib qolgandik. Stadion atrofida Championat.asia jurnalisti Jasurbek bilan tentirab yurganimizda öşa özbek bola bizni körib qoldi. Singapurda işlab, u yerlarni beş qölday bilib olgan özbek yigit birpasda bizni stadion çiqiş joyiga olib bordi. U yerda esa bizga yana bir özbek yordamga keldi.
Özbekistonning Singapurdagi elçixonasi vakili bizni va yana yöl topa olmayotgan bir guruh muxlislarni öz maşinasida delegatsiyadan keçiktirmay aeroportga olib bordi. Begona mamlakatda adaşib qolib, öz vatandoşlarimiz yordam bergaç, özbeklarning boriga şukur, dedik beixtiyor. Elçixona xodimi to aeroportdan çiqib ketgunimizça öşa yerda böldi.
Ğalaba buterbrodi
Charter reys bölgani uçun futbolçilar keçki ovqatni ham aeroportda qilişdi, çunki samolyot öyin tugaşidan bir soat ham ötmay yölga çiqişi belgilangandi. Şu bois futbolçilar va Vadim Karlenoviç bilan aeroportda buterbrod yeb, ğalabani nişonladik.
Tanovul vaqtida Saudiya Arabistoni Falastin bilan 0:0 öynagani ma'lum böldi. Böldi bayram, böldi xursandçilik – axir Özbekiston guruh yetakçisiga aylanib olgandi-da.
Şu tariqa, Singapurga safarimiz yakunlandi. Bu ajoyib şaharda bir kungina böldik, ammo uning gözalligini körişga, bunday ajoyib mamlakatdan örnak oladigan narsalarimiz köp ekanini anglaşga ulgurdik.
Öz imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalangan Singapur – har qanday mamlakat dunyoga maşhur böla olişini, har qanday mamlakat boy böla olişining isboti, menimça.
Bir vaqtlar oddiygina mamlakat bölgan Singapur bugun şu darajaga yetdiki, u yerdagi taksilarni kimsan Kriştianu Ronaldu reklama qiladi, Bu yerda butiklarga kirib, «Heç bölmasa, 100 dollarga oyoq kiyim topiladimi», deb sörasangiz, xotirjamlik bilan butun mamlakatda bu narxda oyoq kiyim yöq, deb aytişadi.
Öziga xos taqiqlari esa Singapurni çinakam «fine city»ga aylantirgan. «Fine» sözining ikkita ma'nosi bor: biri «jarima», biri «yoqimli». Ya'ni jarimalar orqali Singapur özi uçun toza köçalar, toza havo va şu orqali maşhurlikni qölga kiritgan. Havoni, tozalikni va tabiatni qadrlaganlar esa, albatta, özi ham qadr topadi...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi