Odatda hiqiçoq xavfsizdir. Uni diagfragmalar — kökrak va qorin böşliğini ajratib turuvçi mustahkam muşaklarning — beixtiyor qisqarişi yuzaga keltiradi. 

Diafragmalarning odatiy vazifasi nafas olişimizga şaroit yaratişdir. Ular pastga harakatlanganda, kökrak qafasi kengayadi va öpkaning özini havoga töldirişiga imkon tuğiladi. Biz nafas olamiz. Ular yuqoriga kötarilganda öpkadagi havo taşqariga siqib çiqariladi. Nafas çiqariş jarayoni yuz beradi.

Diafragma harakatlarini miya boşqaradi. Ammo ba'zida uning işoralarida xatolik yuz berib, diafragma beixtiyor qisqarişni boşlaşi mumkin. Har qisilişda öpka özidan havoni itaradi, u hiqildoq orqali ötadi va tovuş çiqaruvçi oraliq va kiçik tilga uriladi. Uşbu jarayon öziga xos ovozni — hiqiçoqni yuzaga keltiradi.

Fiziologlar miyaning şunday oddiy harakat bölgan nafas oliş-çiqariş jarayonida xatolikka yöl qöyişi sababini haligaça anglab yetişmagan. Ammo hiqiçoqni keltirib çiqara oladigan ba'zi omillarni aniqlaşgan. Çözib ötirmaymiz: ayrim vaqtlarda hiqiçoq xavfli işoradir.

Zudlik bilan şifokor qabuliga borişni talab qiluvçi holatlar

Mustaqil tadqiqotlar taşkiloti bölgan Mayo Clinic mutaxassislari iloji boriça tez fursatlarda terapevt huzuriga borişni taqozo qiluvçi ikki alomatni qayd etişgan:

  • 48 soat yoki undan ortiq davom etuvçi hiqiçoq;
  • kamroq davom etuvçi ammo ovqatlaniş, suv içiş,uxlaş yoki nafas olişga xalaqit beradigan çarçatuvçi hiqiçoq. 

Tez yordamga qönğiroq qiliş talab etilmaydi. Yuqorida sanab ötilgan holatlarda ham hiqiçoqning özi ölim darajasida xavfli emas. Biroq u vaqtida taşxisi qöyilişi zarur bölgan jiddiy kasalliklardan darak berayotgan bölişi mumkin.

Nega insonlarda hiqiçoq tutadi?

Aksariyat hollarda hiqiçoq xurujlari bir neça daqiqadan söng öz-özidan yöqoladi. Bunday hiqiçoq qisqa muddatli deb ataladi. Qolaversa, tanaffuslar bilan yoki tanaffuslarsiz 2 kundan oşiq davom etmagan hiqiçoqni ham qisqa muddatli deb hisoblasa böladi. Agar undan ortib ketsa, gap uzoq muddatli yoki kuçli hiqiçoq haqida bormoqda.

Qisqa muddatli hiqiçoq sabablari

  1. Gazlangan içimliklar iste'mol qiliş.
  2. Alkogolning köp miqdori.