Hiqichoq tutishning insonga nima uchun kerakligi aniqlandi
Olimlar hiqichoq tutish yangi tug‘ilgan chaqaloqlar miyasi rivojlanishidagi eng muhim elementlardan biriligini, biroq katta yoshlilar uchun keraksiz refleks ekanligini aniqlashdi.
Ta'kidlanishicha, hiqichoq tutish bolaga o‘z nafas olishini boshqarishni o‘rganishida yordam beradigan miya signallari to‘lqinini vujudga keltiradi. Bunday xulosaga London universitet kolleji olimlari kelishdi.
“Hiqichoq bilan chaqirilgan faoliyat bolaga diafragmani [ko‘krak bo‘shlig‘ini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turuvchi pardadevor] tepaga-pastga harakatlantirib, nafas olish mushaklarini nazorat qilishni o‘rganishida yordam berishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan tadqiqot rahbari Lorenso Fabritsi.
Tadqiqot o‘z vaqtida va vaqtidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar miyasini skanerlashga asoslangan. Sinaluvchi chaqaloqlarning miya faoliyati elektroensefalografiya yordamida kuzatilgan. Aniqlanishicha, bolani har gal hiqichoq tutganda uning miyasida diafragmaning qisqarishi bilan bog‘langan neyron to‘lqinlar vujudga kelgan.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hiqichoq tutish 8 daqiqa, chala tug‘ilgan bolalarda esa 15 daqiqagacha davom etishi mumkin, biroq bu ota-oalarni cho‘chitmasligi kerak.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, insonda hiqichoq ona qornida bo‘lganda (homiladorlikning 9-haftasida) paydo bo‘la boshlaydi. Shu tariqa, hiqichoq tug‘ilgandan keyin saqlanib qoluvchi eng erta fiziologik faollik turlaridan biri hisoblanadi.
Hiqichoq chaqaloqqa nafas olishni o‘rganishida yordam bersa, uning katta yoshda uzoq davom etishi xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkin. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, agar katta yoshli odamni 48 soat va undan ko‘proq vaqt davomida hiqichoq tutsa, bu unda miya shishi borligini anglatishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

17:07 / 03.03.2025
Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan chaqaloq qutqarildi

11:23 / 09.02.2025
Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

14:20 / 21.01.2025