Ginness rekordlar kitobi 1955 yilda ommalaşgandan keyin odamlar özgalar rekordini  yangilaş va garçi gohida bu rekordlar mutlaq tuturiqsiz bölsa-da, yangilarini örnatişga urinib kelmoqdalar. Biroq şunday rekordlar borki, ularni kimdir örnatganining özi hayrat uyğotadi. Ularni kimdir yangilay olişi esa umuman dargumondir.

Basketbol savatçasiga qatorasiga 5221 marta töpni tuşiriş

Foto: vimeocdn.com

Ted Seynt Martin umrida, hattoki kollejda ham basketbol öynamagan, biroq butun hayoti davomida “nişonga aniq uriş” böyiça rekordlar örnatib keladi. U öz rekordlarini savatçaga töpni qatorasiga 499 marta tuşirgan Garold Levittning rekordini yangilaş bilan boşlagan. Martin 1975 yilda savatçaga töpni 739 marta tuşirib, bu rekordni yangilaşga muvaffaq bölgan. 75 yoşida esa savatçaga töpni qatorasiga 5221 marta tuşirib, yangilab bölmas rekordni örnatgan.

Çaqmoqning bir kişiga 7 marta urilişi

Foto: anomalien.com

Roy Sallivan AQŞning Şenandoa milliy boğida nazoratçi bölib işlagan. Uning hayotida 1942 yildan 1977 yilgaça uni 7 marta çaqmoq urişidan boşqa noodatiy biror narsa yuz bermagan. Uşbu holat boğ şifokori tomonidan rasman qayd qilingan va tasdiqlangan. Darvoqe, Sallivan yoşligidanoq öziga çaqmoq “tortgan” – uning keyinroq tan olişiça, otasi bilan öt örayotganda uning öroğiga çaqmoq urilgan. 

68 yil davom etgan hiqiçoq 

Foto: ohmygodfacts.com

Çarlz Osborn bilan 28 yoşida ğayritabiiy hodisa yuz bergan – u söyilgan çöçqaning 159 kglik nimtasini kötarişga urinib yiqilib tuşgan. Bunday olganda, bu voqeada biror noodatiy narsa yöqdek. Biroq şundan keyin Çarlzda 68 yil davom etgan hiqiçoq tutiş boşlangan. Ammo bu kamçilik unga odatiy turmuş tarzini olib borişga xalaqit bermagan – Çarlz ikki marta uylangan va 8 farzandli bölgan. Çarlzning hiqiçoq tutişi 1990 yilda birdan töxtagan, ammo u bundan köp zavqlana olmagan, çunki bir neça oydan keyin bitmas yara sababli vafot etgan. Çarlz Osbornni umri davomida 595 million marta hiqiçoq tutgani hisoblab çiqilgan.