Global Arbitration Review naşri ma'lumotiga köra, Jahon bankining Xalqaro arbitraj sudi Özbekiston hukumati turkiyalik tadbirkor Vohid Guneşga tegişli bölgan Gunes Tekstil Konfeksiyon Sanayi ve Ticaret Ltd kompaniyasiga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida 40 million dollar tölaşi kerakligi haqida qaror çiqargan.
2004-2011 yillarda Toşkentda faoliyat körsatgan Turkuaz savdo markaziga asos solgan, ayni vaqtda 50 yoşda bölgan turkiyalik Vohid Guneş 2012 yil aprelida Özbekiston hukumati tomonidan musodara qilingan mulklarini qaytarib olib berişini sörab, xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgandi.
Jahon banki guruhining Investitsion bahslarini hal etiş böyiça xalqaro markazi (ICSID) qarorini e'lon qilgan naşr ma'lumotiga köra, uşbu iş belgiyalik sudya Gans van Xougte raisligida 7 yil davomida körib çiqilgan va 4 oktabr kuni yakuniy qarorni çiqargan, unga köra, turkiyalik tadbirkorga u talab qilgan summaning törtdan bir qismini tölaş majburiyati yuklangan.
Da'vogar esa arbitraj qaroridan qoniqiş hosil qilganini, ayni vaqtda Özbekistonda biznes yuritiş uçun heç qanday tösiqlar yöqligini aytib ötgan.
«Aytişganidek, şariat böyiça kesilgan barmoq oğrimaydi. Biz ICSID çiqargan qarordan mamnunmiz, bu adolatli qaror böldi! Biz köproq söragandik, ammo baribir rozimiz. Katta miqdorda pul yöqotişdan taşqari, men 9,5 oy davomida tergov izolyatorida ötirganman. Men sudga tergov izolyatorida menga nisbatan qöllangan qiynoqlar böyiça ham murojaat qilgandim. Ammo, aftidan, sud bu jihatga e'tibor qaratmagan körinadi», degan Vohid Guneş.
U şuningdek, ikki yil muqaddam Özbekistonning hozirgi prezidenti Şavkat Mirziyoyev unga qaytişni taklif qilgani haqida eslagan. Uning sözlariga köra, ayni vaqtda Özbekistonda biznes yuritiş uçun heç qanday tösiqlar mavjud emas.
Guneş Özbekistonda 2004 yildan 2011 yilgaça savdo bilan şuğullangan va «Turkuaz»dan taşqari, «Amir Temur» xiyobonidagi markazga, Töytepadagi istirohatgohga, Samarqanddagi savdo markaziga, Olmaliq va Yunusoboddagi dökonlarga egalik qilgan. 2011 yilda esa uning faoliyatini tekşiriş boşlangan, u va turkiyalik hamkorlari qölga olingan, ular soliqdan qoçiş va «soyadagi iqtisod rivojlanişiga kömaklaşiş»da ayblangan. Keyinçalik ularning mulklari musodara qilingan. Guneş va uning hamkorlari Özbekiston hukumatiga 700 ming dollar tölaşgaç, ularga qarşi ilgari surilgan ayblovlar yumşatilgan, ularning özi mamlakatdan çiqarib yuborilgan.
















