2019 yil 4 oktyabrda Investitsion nizolarni hal qiliş böyiça xalqaro markaz (ICSID) qoşidagi Arbitraj sudi turkiyalik tadbirkor Vohid Guneşga tegişli bölgan Güneş Tekstil Konfeksiyon Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi va boşqalarning Özbekiston Respublikasiga qarşi da'vo arizasi böyiça arbitraj işi yuzasidan qaror çiqardi.
2004-2011 yillarda Toşkentda faoliyat körsatgan Turkuaz savdo markaziga asos solgan, ayni vaqtda 50 yoşda bölgan turkiyalik Vohid Guneş 2012 yil aprelida Özbekiston hukumati tomonidan musodara qilingan mulklarini qaytarib olib berişini sörab, xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgandi. Unga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida 40 million dollar tölanişi kerakligi haqida qaror çiqarildi.
Özbekiston Adliya vazirligining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Arbitraj sudi qarori örganib çiqilgan va vazirlik qator jihatlarga jamoatçilik e'tiborini jalb qiliş zarur deb hisoblaydi.
Qayd etilişiça, sud hukumatning da'voning köp jihatlari böyiça pozitsiyasini qöllab-quvvatladi va minimal miqdordan taşqari, da'vogarlarning aksariyat talablarini rad etgan.
Bildirilişiça, amalda arbitraj sudi öz yurisdiksiyasi yöqligini tan olib, mamlakatda «investor» tuşunçasi doirasiga kirmaydigan oltita dastlabki da'vogarlardan uçtasining da'vosini rad qildi.
Da'vogarlarning 180 million AQŞ dollari miqdoridagi ma'naviy zarar töğrisida bergan da'volari, şuningdek, da'vogarlar tomonidan moddiy zarar miqdorining oşirilgan baholanişi - 66 million AQŞ dollaridan köproq - töğrisidagi murojaati töliq rad etildi.
Adliya vazirligiga köra, sud da'vogarlarning şafqatsiz munosabatda böliş haqidagi barça da'volarini körib çiqişni rad etdi, şu sababli, Vohid Guneşning bu boradagi barça bayonotlari bir tomonlama da'volar ekani aytiladi.
Bundan taşqari, sud Özbekiston Respublikasining xorijiy investitsiyalar töğrisidagi qonuniga muvofiq, Investitsion nizolarni hal qiliş böyiça xalqaro markazga Özbekiston Respublikasiga qarşi da'vo arizasi berişga huquqiy asos yöqligini tan olgan.
Vazirlikka köra, sud e'lon qilingan yöqotişlarning boşlanğiç miqdoridan atigi 10 foizi haqida qaror çiqardi, bu 26 million dollarni taşkil etadi (foizlar va xarajatlarni hisobga olmaganda). Uşbu summa faqat Toşkent şahar jinoiy sudining 2011 yilda Vohid Guneş va boşqa da'vogarlarga qarşi qözğatilgan asosiy jinoiy işdagi hisob-kitoblariga asoslangan. Tribunal da'vogarlar tomonidan berilgan miqdorni spekulyativ va işonçsiz deb topgani aytiladi.

















