Dunyo banklarining yarmidan ko‘pi bankrotga uchrashi mumkinligi ma'lum qilindi
Jahon bank sohasi iqtisodiy siklning so‘nggi bosqichiga kirdi, kreditlash va tushum hajmi o‘sishi sekinlashmoqda, dunyoning 60 foizdan ko‘proq banki o‘z qiymatini barbod qilmoqda. Bu haqda xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey’ning “Oxirgi pit-stop? Dadil qadamlar uchun fursat” deb nomlangan dokladida aytilgan.
“Ehtimol, banklar o‘z biznes-modellarini qayta ko‘rib chiqishi uchun ushbu sikldagi oxirgi pit-stop bo‘lishi mumkin. Topqirroq banklar keyingi siklning yetakchilariga aylanishi mumkin. Boshqalari esa tarix bo‘lib qolishi xavfi mavjud”, deyilgan dokladda.
Mutaxassislar dunyo banklarining 35 foizi biznes-modellari mukammalmasligi, kapital yetishmasligi va nobop bozorlarda ishlashdan muammolar his qilishini ta'kidlab o‘tishgan. Ekspertlarning fikricha, banklar transformatsiyalashuv vaqtida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ularning kuchliroq raqobatchiga sotilishi omon qolishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 30.04.2024
AQSh Moliya vazirligi Rossiya banklari bilan operatsiyalarga vaqtincha ruxsat berdi
14:13 / 29.04.2024
FT: G‘arb banklari Rossiyada 800 mln yevro soliq to‘lagan
12:47 / 10.04.2024
Markaziy bank bayram va dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini ma’lum qildi
09:32 / 05.04.2024