Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi ilk bor FD-2000 havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazadi
Mudofaa vazirligi tomonidan ilk bor FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketa sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra qo‘mondonlik mas'ul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, FD-2000 rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor sinovdan o‘tkaziladi.




Ma'lumot o‘rnida, FD-2000 (Xunsi-9 yoki HQ-9) — Xitoyda ishlab chiqarilgan zenit-raketa kompleksi bo‘lib, samolyotlar, qanotli raketalar va vertolyotlarni urib tushirish uchun mo‘ljallangan. Rossiyaning S-300 zenit-raketa kompleksi bazasida ishlab chiqilgan. Maksimal masofa 200 km, urib tushirish balandligi 0,5 – 30 km, ishga tushirish uchun sarflanadigan vaqt - 6 daqiqa, 200 km masofaga uchish vaqti – 2 daqiqa. Raketalar soni 4ta.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:22 / 05.06.2026
Qaysi davlatlar mudofaa uchun eng ko‘p mablag‘ ajratyapti?
08:55 / 23.05.2026