Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Italiya investitsiyalarga aloqador yangi hukumatlararo bitim imzolaydi
Rim shahrida O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va uni inventarizatsiya qilish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Italiya Respublikasi TIV delegatsiyasiga Rossiya, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktori Fabrisio di Mishel hamda huquqiy xizmat direktori o‘rinbosari Paskal Velotti boshchilik qildi.
Turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomaviy-huquqiy asosining hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan bitimlar va xalqaro shartnoma maqomiga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlarning huquqiy holatiga aniqlik kiritildi.
Maslahatlashuvlar doirasida Italiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining yuqori mansabdor shaxslari ishtirokida investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo bitim loyihasi bo‘yicha alohida muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalar, shuningdek, Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyaga Bayonnoma va Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma loyihalarini imzolashga tayyorlashga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
21:24 / 17.06.2026