Murodjon Azimov Xalqaro bojxona forumida ishtirok etmoqda
2019 yil 24-25 oktabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro bojxona forumida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.
Forumda “Bojxona tizimining xalqaro zamonaviy iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalarda ishtirokchilar zamonaviy dunyoda kelgusida bojxonaning o‘rni qanday bo‘ladi, raqamli bojxonani joriy qilish orqali uning taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari keng muhokama qilindi.
Bojxona ma'muriyatchiligini yanada soddalashtirish va bojxona operatsiyalari uchun sarflanadigan vaqtni yanada qisqartirish yuzasidan o‘zaro fikr mulohazalar almashildi.
Xalqaro bojxona forumi 1999 yildan beri Rossiyada o‘tkazib kelingan an'anaviy “Bojxona xizmati” yillik ko‘rgazmasining yangicha formatidir. Bu yil mazkur tadbir xalqaro ahamiyat kasb etib, endi unda dunyoning 27 ta davlatidan tashrif buyurgan 110 dan ortiq delegatsiyalar o‘zlarining interaktiv-ko‘rgazmali ekspozitsiyalari bilan ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi delegatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan ekspozitsiya ham forum ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Rossiya, Ozarboyjon, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar bojxona xizmatlari rahbarlari O‘zbekiston ekspozitsiyasida bo‘lib, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi. Belarus Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Yu.A.Senko ham O‘zbekiston bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
Ekspozitsiyadagi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir videoroliklar va ko‘rgazmali taqdimotlar namoyishida sohaga joriy qilingan eng so‘nggi yutuqlar haqida batafsil hikoya qilinmoqda.
Xususan, iqtisodiy manfaatlar himoyasi va iqtisodiy xavfsizlik ta'minoti, tezkor va samarali bojxona nazorati, to‘liq va to‘g‘ri undirilgan bojxona to‘lovlari, kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklariga qarshi murosasiz kurash, tashqi savdo operatsiyalarining bilvosita monitoringini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida alohida so‘z yuritilgan.
Forum qatnashchilarida O‘zbekistonda joriy qilingan Xavfni boshqarishning ilg‘or milliy tizimi, keng miqyosda amaliyotga tatbiq zamonaviy axborot texnologiyalari, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan tan olingan mintaqadagi yagona Milliy kinologiya markazi faoliyati, kadrlarni kasbiy tayyorlashning yangi tizimi va tobora kengayayotgan xalqaro aloqalar alohida qiziqish uyg‘otdi.
Umumiy hisobda bu yil forum 2 mingdan ortiq qatnashchilarni qamrab olgan.
Ekspozitsiyaga tashrif buyurgan mehmonlar nafaqat mamlakatimiz bojxona xizmati organlarining ilg‘or yutuqlari bilan tanishishdi balki o‘zlarini jannatmakon yurt va mehmondo‘st o‘zbek xalqi bag‘rida his qilishdi.
Mavzuga oid
19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?
23:41 / 11.01.2023
Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha yengillik berildi
07:32 / 07.01.2023
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini aniqlash tartibi o‘zgaradi
08:28 / 28.12.2022