Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnam bosh vaziri Britaniyada 39 kishining jasadi topilishi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi
Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk 23 oktyabrda Buyuk Britaniyaning Esseks shahrida yuk mashinasi ichidan 39 kishining jasadi topilishi yuzasidan surishtiruv boshlashga buyruq berdi. Bunga halok bo‘lganlarning aksariyati vetnamlik bo‘lganligi haqidagi xabarlar asos bo‘ldi.
"Buyuk Britaniyada yuk mashinasi ichida halok bo‘lgan 39 kishining vetnamliklar bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushganligi sababli bosh vazir Nguyen Suan Fuk tegishli idoralarga ushbu ish tafsilotlarini aniqlash va kerakli choralarni ko‘rish to‘g‘risida farmoyish berdi", - deyiladi Vetnam hukumati saytidagi bayonotda.
Hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun jamoat xavfsizligi vazirligi, TIV, mahalliy hokimiyat va boshqa tegishli davlat organlari jalb etiladi.
Nguyen Suan Fuk tekshiruvlarning dastlabki natijalari 5 noyabrda taqdim etilishi kerakligini ta'kidlagan.
Ushbu ish bo‘yicha besh kishi hibsga olingan. Ular 39 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan harakatlarni sodir etishda va chegara orqali odamlarni noqonuniy olib o‘tishda gumonlanmoqda. OAVning yozishicha, 31 erkak va sakkiz ayolning o‘limiga muzlab qolish sabab bo‘lgan. Jasadlar topilgan muzlatgich-furaning ichidagi harorat minus 25 daraja bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026