Kun.uz sayti uşbu masala yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov bilan suhbat ötkazdi.

– Dilşod aka, Nizom loyihasi işlab çiqildi va takliflar bildirilmoqda. Uşbu Nizomga qanday ehtiyoj yoki zarurat bor edi?

– Ta'kidlaş lozimki, bu hali loyiha va uning ustida iş olib boriş uçun portalga qöyilgan. Agentlik mamlakatdagi axborot maydonini monitoring qiladi. Zimmamizdagi vazifalarimizdan biri – axborot xavfsizligida qatnaşişdir. Bu kötarilgan norma 2014 yildan beri amalda kelmoqda, aslida. «Axborotlaştiriş töğrisida»gi Qonun qabul qilingan bölib, uning 12-1-moddasida, blogerlarga ta'rif berilgan va unda qonunga xilof axborotlar masalasi belgilab ötilgan. Moddada şuningdek, har qanday javobgarlik keltirib çiqaruvçi holatlar ham nazarda tutilgan. 2014 yildan beri bu qoida amalda, biroq heç kim bunga e'tibor qaratmagan.

Blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar, OAV kuçaygani sari xalq erkin fikrini ifoda etişi normal holat. Lekin heç kim bu qoidadan kelib çiqib iş tutmagan. Ularning içida köplab qonunga zid axborotlarni uçratişimiz mumkin. Bu norma qoidalaridan kelib çiqib, agentlik buni hammaga eslatdi va bu biroz e'tirozlarga sabab böldi. Bloger va jurnalistlarga bu böyiça tuşuntirib ötildi. Veb-sahifa, messenjer egalari va blogerlar özlarining xabar va postlarining ostiga qoldirilgan izohlarni ham kuzatişlari kerak. Veb-sahifa ikki qismga bölinadi: post va uning ostidagi izohlar qismi. Aytaylik, post qonun doirasida, lekin uning ostida qonunga xilof izoh bölsa, har qanday rivojlangan davlatlarda taqiqlanadigan axborotdir. Biz bu normani işlab çiqayotganda örganib çiqdikki, yuqoridagi moddada keltirilgan axborot deyarli barça davlatlarda noqonuniy hisoblanadi. Biz uning mexanizmini tuşuntirmoqçi böldik.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov

– Demak, bu tartib boşqa rivojlangan davlatlarda ham mavjud?

– Bu loyihani tayyorlaş jarayonida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va AQŞ kabi davlatlar tajribasi örganildi. Yuqoridagi modda tasniflagan holatlarning hammasi taqiqlangan. Faqat bizda qonunosti normativ-hujjatida bu mexanizm yozilmagan edi. Şu sababli, bu mavzu juda ham e'tirozli böldi. Agentlik rahbariyati tuşuntiriş berganidan söng, şunday mexanizm tayyorlaşga qaror qildik. Bu normani qay tarzda işlatişni ikki tomon ham bilar edi. Agentlik ogohlantirişni öz zimmasiga olyapti. Misol uçun, blogerning vaqti bölmasligi mumkin, OAVda har bir çiqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boriş uçun mas'ul şaxs bölmasligi mumkin. Ularning vaqti bölmay qolişi mumkin. Yiğilişda kelişildiki, agentlik mexanizm işlab çiqadi. Unga köra, agentlik monitoring qiladi. Mabodo qonunga zid axborot topilsa, veb-sahifa, messenjer egasi ogohlantiriladi. «Sizning falon postingiz ostida qonunga zid izoh yozilgan», degan ma'noda. Umid qilamizki, postlarning özida qonunga zid axborot yozilmaydi.