Vengriya hukumati Ukrainaning 12 ta yetakçi yangiliklar portaliga mamlakat içida kirişni tösib qöydi. Bu çora-tadbirlar Budapeştning «Ukraina senzurasiga javobidir», dedi Vengriya boş vaziri Viktor Orban idorasi rahbari Gergey Guyyaş 29 sentabr, duşanba kuni Facebookʼda.
Vengriyalik siyosatçi Kiyevni Vengriyaning rossiyaparast internet-resurslarini, jumladan, maşhur origo.hu yangiliklar saytini Yevropaning Rossiyaga qarşi sanksiyalari, Ukrainani harbiy qöllab-quvvatlaş haqidagi tanqidiy xabarlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOning göyoki «parçalanişi va samarasizligi» tufayli bloklaganlikda aybladi. Bundan taşqari, Guyyaşning sözlariga köra, Vengriya veb-saytlari Soros jamğarmasini tanqid qilgani uçun Ukrainada bloklangan.
«Menimça, köpçilik «Ukrainskaya pravda»ni öqimaydi, hatto öqişni ham xohlamaydi. Biroq, suveren davlat mutlaqo asossiz hujumga mutanosib javob berişi kerak», — deb yozdi Guyyaş «özaro munosabatlar tamoyili»ni keltirib
Bloklangan veb-saytlar orasida "TSN - Novini Ukraini", Hromadske, "Ukrainskaya pravda", "Yevropeyskaya pravda", Oboz.ua, Nv.ua, Anons-zak.com.ua, Ungvar.uz.ua, Zakarpattya.net.ua, Lb.ua, Insiderinfo.com.ua va Uaonline.com.ua bor.
Sentyabr oyi örtalarida Ukraina hukumati bir qança xorijiy veb-saytlarni, jumladan, Vengriyaning Origo va Demokrata veb-saytlarini Rossiya taşviqoti haqidagi pozitsiyani muntazam tarqatişda ayblab, taqiqlagan edi.

















