Patent vakilligiga nomzodlar uchun staj qisqartirildi
Patent vakillari to‘g‘risida Nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Patent vakilligiga nomzodlar uchun malaka talablari birmuncha soddalashtirildi – sohaga oid zarur staj 4 yildan 3 yilga kamaytirildi. Malaka imtihonining borishi endi audio va videoyozuvda yoziladi, Intellektual mulk agentligining (IMA) saytida onlayn translatsiya qilinadi.
Intellektual mulk sohasida mutaxassislarni, shu jumladan, patent vakillarini tayyorlash, ularning bazaviy oliy ma'lumotidan qat'i nazar Toshkent davlat yuridik universitetida magistratura yo‘nalishining “Intellektual mulk huquqi” ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 6 oylik patent vakillarini qayta tayyorlash kursidan o‘tish mumkin. Qayta tayyorlashdan o‘tganlarga diplom beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har 5 yilda kamida 1 marta keyinchalik attestatsiyadan o‘tkazilgan holda o‘z malakalarini oshirishlari lozim. Kurslar Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘tkaziladi, kurs tugagach diplom beriladi. Attestatsiyadan o‘tish uchun shu sertifikat nusxasini ilova qilgan holda IMAga murojaat qilish lozim.
Attestatsiyadan o‘tgan patent vakili 3 ish kuni ichida Patent vakillari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng 10 kun ichida unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi va bu ma'lumotlar IMAning rasmiy axborotnomasida e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
19:02 / 16.10.2024
Rossiyaning bir qator hududlarda migrantlar mehnatiga yangi cheklovlar o‘rnatildi
22:45 / 17.09.2024
Peterburgda mehnat migrantlarining 7 mingdan ortiq patenti bekor qilindi
20:28 / 18.04.2024
Rossiyada migrantlar bir patent bilan bir necha hududda ishlashi mumkin bo‘ladi
00:50 / 12.01.2024