O‘zbekiston | 12:07 / 28.10.2019
12299
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi turistik markaz qurilishi loyihasini Turkiya kompaniyasi tuzadi, Singapur kompaniyasi bosh pudratchi bo‘ladi

Foto: Zarnews

Samarqand eshkak eshish kanalida turistik majmua va aholi uchun dam olish maskanlari barpo etiladi. Bu haqda Zarnews yozmoqda.

Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimligi, Qurilish vazirligi va O‘zmilliybankning “Ipak yo‘li” jamg‘armasi (Xitoy) hamda “EREILL Group” kompaniyasi bilan birgalikda eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurilishi va undan foydalanish bo‘yicha bergan taklifi ma'qullangandi.

Tashrif doirasida shuningdek, “ARUP Group” kompaniyasi (Turkiya) - bosh loyiha tashkiloti etib, “Enter Engineering pte.ltd” kompaniyasi (Singapur) – bosh pudrat tashkiloti etib belgilangan.

Turistik markaz qurish davomida eshkak eshish kanaliga ziyon yetkazilmaydi. Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qarashli ushbu kanal xalqaro talablarga javob beradigan holda rekonstruksiya qilinadi.

Samarqand turistik majmuasini tashkil etish doirasida eshkak eshish kanali qarama-qarshisida joylashgan turar-joy va noturar-joy obektlarni zarurat bo‘lganda ko‘chirish hisobidan aholi uchun dam olish maskanlarini tashkil etish loyihasi takliflari ishlab chiqilmoqda.

Dam olish maskanida suzish havzalari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda ko‘ngilochar obektlarni o‘z ichiga olgan 12 ta kichik turistik majmualar barpo etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid