O‘zbekiston | 12:03 / 30.10.2019
2400
2 daqiqa o‘qiladi

Endi yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati litsenziyalanadi 

Foto: AFP

Yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati litsenziyalanadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, quyi palataning 2019 yil 29 oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi parlament a'zolari tomonidan atroflicha muhokama etildi.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati litsenziyalanishini belgilab qo‘ymoqda.

Xorijiy mamlakatlarning ayni yo‘nalishdagi qonunchiligi, xususan, Rossiya Federatsiyasi va Belorus davlatlarining “Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari normalari o‘rganilganida atom energiyasidan foydalanish sohasi litsenziyalanishi belgilangani ma'lum bo‘ldi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida olib boriladigan faoliyat litsenziyalanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi 222-II-sonli qarorining 1-ilovasiga yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida olib boriladigan faoliyat litsenziyalanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun deputatlar tomonidan biryo‘la uch o‘qishda qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid