O‘zbekiston | 19:59 / 31.10.2019
28359
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan deportatsiya qilinayotgan ikki o‘zbekistonlik samolyotda sigaret chekkani uchun reysdan olindi   

Rossiyadan deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik samolyot hojatxonasida sigaret chekkanlik uchun reysdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.   

Rossiyadan deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik samolyot hojatxonasida sigaret chekkanlik uchun reysdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston fuqarolari “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Yekaterinburg – Toshkent reysi bilan vatanlariga qaytishlari kerak edi. Biroq ular parvoz oldidan samolyotda sigaret chekkanlik uchun samolyotdan tushirib yuborildilar. Erkaklar Sverdlovsk oblasti bo‘yicha xorijliklarni vaqtinchalik saqlash markaziga qaytarilganlar. Endi o‘zbekistonliklar aviachiptalarni o‘z hisoblaridan boshqatdan sotib olishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, qoidabuzarlardan birining chiptasi Rossiya budjeti hisobidan sotib olingan bo‘lgan.  

Vazirlikning konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi o‘zbekistonliklardan borayotgan davlatlaridagi qonunlarni, jumladan turli tashkilotlardagi qoidalarni yaxshilab o‘rganib chiqishlari va ularga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Avvalroq, mart oyida yana bir o‘zbekistonlik samolyotda sigaret chekkani uchun Istanbul-Olmaota reysidan olingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid