Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonda ikkinchi vakolatxonasini ochyapti
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqada o‘z faoliyatini kengaytiradi. Tashkilot Andijonda o‘z vakolatxonasini ochmoqda, deyiladi YeTTB saytida.
Qayd etilishicha, YeTTBning bunday qaroriga Farg‘ona vodiysi deyarli 14 million aholisi bilan Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan qismi ekani sabab bo‘lgan.
Ofis asosan mahalliy kichik va o‘rta biznesni ekspert maslahatlari, o‘qitish va turli moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlaydi.
2018 yilda O‘zbekiston uchun yangi mamlakat strategiyasi qabul qilingandan so‘ng, YeTTB qariyb 400 million yevroga teng 12ta loyihani imzoladi, bu esa bir yil ichida mamlakatdagi bank ishbilarmonlik faolligining rekord darajasiga aylandi. Shahar va energetika infratuzilmasiga, shu jumladan, Farg‘ona vodiysida suv ta'minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini tiklashga, shuningdek, bank va sanoat faoliyatiga katta sarmoyalar kiritildi. Joriy yilda YeTTB mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 250 million yevro investitsiya yo‘naltirdi.
Eslatib o‘tamiz, YeTTBning birinchi ofisi 2017 yilda Toshkentda qayta ochilgan. Tashkilot O‘zbekistonda 1993 yildan beri ishlaydi, ammo 2010 yildan beri mamlakatda bank operatsiyalari to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026