Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada 80 dan ko‘proq noqonuniy muhojirni tashib ketayotgan yuk mashinasi ushlandi
Politsiya konteyner tashuvchi yuk mashinasini shahar yaqinidagi pullik trassaga kirish joyida to‘xtatgan.
Ta'kidlanishicha, transport vositasidagi odamlarning ko‘pida nafas olish bilan muammolar yuzaga kelgan, shu sababli ularni shifoxonaga yetkazish uchun tez yordam mashinalari chaqirtirilgan.
Yuk mashinasi Saloniki shahriga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Konteyner ichida dim bo‘lgan va muhojirlar bunday vaziyatda omon qolishlari dargumon bo‘lgan. Barcha muhojirlar 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan.
Politsiya muhojirlarni noqonuniy tashishda gumon qilingan shaxsni hibsga olgan.
Bir necha kun avval Britaniyada yuk mashinasi ichida Angliyaga tushishni istagan 39 kishining jasadi topilgandi.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026