Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman O‘zbekistonga keldi
“Texnion” Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonga keldi.
4 noyabr kuni professor D.Shextmanni Innovatsion rivojlanish vazirligida vazir Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.
Professor tashrifining o‘ziga yarasha tarixi bor. O‘tgan yili o‘tkazilgan “Innoweek-2018” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida o‘tkazilgan startap-tanlovlarda yutgan o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi Amir Obidov Isroilda 3 hafta amaliyot o‘tab kelish imkoniga ega bo‘ldi. Isroildagi tashrifi davomida A.Obidovga professor Dan Shextman bilan uchrashish imkoniyati yaratildi va u professorni O‘zbekistonga taklif qildi. Vazirlik rahbariyati esa, o‘z navbatida, Isroil elchixonasi orqali professorni O‘zbekistonga rasman taklif qildi.
Nobel mukofoti laureati Dan Shextman O‘zbekistonga bir haftalik dasturda ishtirok etish uchun keldi. 4-9 noyabr kunlari Texnion - Isroil texnologiya universiteti professori Toshkent va Samarqand universitetlarida ma'ruzalar o‘qiydi, IT park, Ilg‘or texnologiyalar markazi, O‘zbekistondagi iqtidorli bolalar uchun birinchi prezident maktabi faoliyatlari bilan tanishadi.
Dan Shextman “kvazikristal”larni kashf etgani bois 2011 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrini bilan mukofotlangan. U nafaqat kimyo, balki fizika sohasidagi yutuqlari uchun ham boshqa nufuzli ilmiy mukofotlarga ega.
1996 yilda professor Shextman Isroil Fanlar akademiyasining a'zosi, 2000 yilda AQSh milliy texnik akademiyasining a'zosi, 2004 yilda Yevropa fanlar akademiyasi a'zosi etib saylangan.
Hozirgi kunda professorning kashfiyoti sanoatning turli xil sohalarida qo‘llanilmoqda, jumladan, metallurgiya, muqobil energetika, optika, elektronika, meditsina hamda kosmos sohalarida.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
20:52 / 04.10.2024
Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
21:37 / 05.08.2024