Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:02 / 04.11.2019
16432
1 daqiqa o‘qiladi
Putin noqonuniy migratsiya tashkilotchilarini ozodlikdan mahrum qilishga ruxsat berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xizmat mavqeidan foydalanib noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlik uchun javobgarlik kiritilishi haqidagi qonunni imzoladi. Endi bunday jinoyatlar jinoiy jinoyatlar sifatida tasniflanadi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, mansabdor shaxs Rossiyaga xorijiy fuqarolarning noqonuniy kirishini, ularning tranzitini yoki qolishini tashkillashtirganlik uchun 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin. Bundan tashqari, 500 ming rublgacha jarima ko‘zda tutilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish