Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov departamenti poytaxtda talonchi yigit qo‘lga olingani haqida xabar berdi
2019 yil 29 oktabr kuni soat taxminan 03:00da ikki nafar noma'lum shaxslar jinoiy til biriktirib, Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-mavzedagi yo‘l chetida fuqaro A.R.ga hayot uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular ushbu fuqaro shimining cho‘ntagidan 1 mln. so‘m va 300 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 29 oktabr kuni Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik: bir guruh shaxslar tomonidan hayot uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib) 2-qismi «a, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan tezkor tadbirlar jarayonida ushbu jinoyatni fuqaro K.O. sodir qilganlikda gumon qilinib ushlangan.
Tergov jarayonida gumon qilinuvchi K.O. o‘zining ko‘rsatmalarida ushbu jinoyatni «M.» ismli tanishi bilan birgalikda sodir etganligini ma'lum qilgan.
Hozirda «M.» ismli noma'lum shaxsni aniqlash va uni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026