Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yarim tunda qo‘shnisining uyiga bostirib kirgan shaxs og‘ir shikast yetkazilishi oqibatida vafot etdi
2019 yil 3 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyal MFYda yashovchi fuqaro R.A. mast holatda qo‘shnisi Q.B.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u qo‘lida bo‘lgan uyali telefoni chirog‘ini yoqqanida, yotoqxonada uxlab yotgan Q.B. uyg‘onib, uni kelinoyisi G.T.ning oldiga kelgan deb o‘ylab, R.A.ni yerga yiqitib, qo‘l va oyoqlari bilan badanining turli joylariga urib tepib, tan jarohati yetkazgan va R.A.ni qochib ketmasligi uchun qo‘l va oyoqlarini bog‘lab, IIBga xabar qilgan.
Hodisa joyiga kelgan IIB xodimlari tomonidan R.A.ning sog‘lig‘i og‘ir ahvoldaligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilgan, biroq R.A. shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 3 noyabr kuni Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Q.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025
5,2 mlrd so‘m qiymatdagi valutalar Tojikistonga olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:34 / 25.10.2025