Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada temiryo‘lchilar 27 kunlik ish tashlash o‘tkazmoqchi
Ular shu yilning iyunida kompaniyaning poyezd qo‘riqchilari sonini qisqartirish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lib besh kunlik ish tashlash o‘tkazgandi.
Buyuk Britaniyadagi Janubi-g‘arbiy temiryo‘l (South Western Railway, SWR) xodimlari dekabrda 27 kunlik ish tashlash o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ularning manfaatlarini himoya qiluvchi RMT kasaba uyushmasi ma'lum qildi.
SWR xodimlari ish beruvchining mashinistlar o‘z tarkiblarida qo‘riqchi va nazoratchi majburiyatlarini qisman bajarishiga taalluqli nazorat tizimi bo‘yicha kelishuvni bajarmayotganligidan norozi. SWR o‘tgan yili poyezdlardagi qo‘riqchilar sonini qisqartirib, ularning vazifasini mashinistlar zimmasiga yuklash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
SWR xodimlari 2-11 dekabr, 13-24 dekabr va 27 dekabrdan 2020 yil 1 yanvargacha ish tashlashni rejalashtirgan.
Ular shu yilning iyunida kompaniyaning poyezd qo‘riqchilari sonini qisqartirish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lib besh kunlik ish tashlash o‘tkazgandi. Natijada Buyuk Britaniyaning minglab aholisi ish joylariga o‘z vaqtida yetib bora olmagandi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026