Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi iqlimiy ma'lumotlarni saqlab qolish bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichi boshlanadi
«O‘zgidromet»da Jahon meteorologiya tashkiloti, Bolgariya meteorologiya instituti, Atrof muhit to‘g‘risidagi ma'lumotlarni saqlash xalqaro tashkiloti (IEDRO) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy mutaxassislar tashrifidan maqsad — «O‘zbekistonda iqlimiy ma'lumotlarni saqlash» loyihasining ikkinchi bosqichini boshlash masalasini muhokama qilishdir. Ushbu loyiha donor-mamlakatlar, xalqaro va chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan beg‘araz texnik ko‘mak loyihalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Bundan avval JMT O‘zbekistonda tarixiy meteorologik ma'lumotlarni saqlab qolishga qaratilgan loyihaning birinchi bosqichi bajarilishida tashabbuskor bo‘lgan. Loyiha «O‘zgidromet»da 2015-2018 yillarda amalga oshirilgan va Koreya Meteorologiya administratsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan.
O‘zbekistonda 1867 yildan «Gidrometfond»da qog‘ozdagi gidrometeorologik ma'lumotlar saqlangan. 1978 yildan boshlab olingan ma'lumotlar «O‘zgidromet»da ishlab chiqilgan dastur asosida raqamlashtirilgan, biroq tarixiy va amaliy qimmatga ega uzoq muddatli iqlimiy ma'lumotlarni saqlash juda muhimdir.
JMT loyihaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanganini qayd etib, raqamli arxiv yaratish yuzasidan ikkinchi bosqich amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatladi. Loyiha doirasida saqlab qolingan va raqamlashtirilgan iqlimiy ma'lumotlar qishloq xo‘jaligi, sanoat, suv resurslarini boshqarish, energetika, qurilishi, turizm va boshqa sohalardagi vazifalarni bajarishda qo‘llanilishi mumkin. Loyiha ikkinchi bosqichi ham Koreya Meteorologiya administratsiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:03 / 19.06.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:05 / 17.06.2026