13 iyun kuni Milliy iqlim markazi direktori Farrux Sattorov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Germaniyaning Bonn şahrida bölib ötgan Taraqqiyotni köp tomonlama körib çiqiş böyiça işçi guruhning uçinçi sessiyasida iştirok etdi.
Mazkur sessiya BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi doirasidagi yordamçi organlarning 64-sessiyasi tarkibida ötkazildi. U Parij kelişuvining muhim mexanizmlaridan biri bölib, mamlakatlar örtasida milliy iqlim majburiyatlarini bajariş böyiça axborot almaşinuvi, şaffoflikni ta’minlaş va özaro işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Yiğilişda Özbekiston tomonidan milliy iqlim majburiyatlarini bajariş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş hamda iqtisodiyotning iqlim xavflariga çidamliligini kuçaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar va taşabbuslar natijalari taqdim etildi.
Farrux Sattorov öz çiqişida Özbekiston Parij kelişuvining kengaytirilgan şaffoflik tizimi doirasidagi majburiyatlariga sodiq ekanini ta’kidlab, iqlim özgarişi Markaziy Osiyo uçun jiddiy xavflar tuğdirayotganini qayd etdi.
Şuningdek, yangilangan Milliy miqyosda belgilangan hissa (NDC) doirasida Özbekiston 2035 yilga qadar 2010 yil darajasiga nisbatan yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari taşlamalarini 50 foizga qisqartiriş majburiyatini olgani ma’lum qilindi.
Tadbirda mamlakatda amalga oşirilayotgan quyoş va şamol energetikasi loyihalari natijasida elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatlarida «yaşil» energiya uluşi qariyb 30 foizga yetgani, 2030 yilga borib bu körsatkiç 50 foizdan oşişi kutilmoqda.
Suv resurslaridan samarali foydalaniş sohasida esa suvni tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş hisobiga har yili qariyb 10 milliard kub metr suv tejalayotgani ta’kidlandi.
Özbekiston kelgusida ham xalqaro iqlim jarayonlarida faol iştirok etiş, hamkorlikni kengaytiriş, iqlim moliyalaştirişini jalb qiliş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali Parij kelişuvi maqsadlariga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarni izçil davom ettirişini ma’lum qildi.







