Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarboyjon-Gruziya» yo‘nalishida multimodal tashuvlar yo‘lga qo‘yiladi
Transport vazirligida “Ozarboyjon temir yo‘llari” YoAJ raisi o‘rinbosari Igbal Guseynov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xalqaro transport koridorlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish va tranzit yuklari hajmini oshirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarboyjon-Gruziya” yo‘nalishida multimodal tashuvlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish, bunda Gruziya va Turkiya dengiz portlaridan shuningdek, “Boku-Tbilisi-Qars” temir yo‘lidan foydalanish yuzasidan tashkiliy masalalarni muhokama etishdi.
Mazkur loyihani yo‘lga qo‘yish yuzasidan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiyaning tegishli transport tuzilmalari vakillari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tashkil etish, hamda belgilangan yo‘nalishda yuklarni tashish uchun qulay sharoitlarni yaratishni va moslashuvchan tariflarni qo‘llashni nazarda tutuvchi tegishli kelishuvni ishlab chiqish zarurligi ta'kidlab o‘tildi.
Shu munosabat bilan, Ozarboyjon tomoni mazkur masalada ilk uchrashuvni joriy yilning dekabr oyida o‘tkazishni taklif etdi. Tomonlar yaqin orada ushbu yo‘nalish bo‘ylab sinov tariqasida ilk yuk tashuvlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi o‘rganish ishlarni tezlashtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
22:08 / 18.05.2026