O‘zbekiston | 08:02 / 06.11.2019
6958
2 daqiqa o‘qiladi

DSQ soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari tizimidagi biznes jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abdulla Azizov boshchiligidagi ishchi guruh mamlakatimizning barcha darajadagi soliq idoralarining biznes jarayonlarini o‘rganishga kirishdi.

Poytaxtning Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida tanlanib, bu yerga inspeksiyalar, boshqarmalar va DSQ mutaxassislari jalb qilinmoqda.

Soliq idoralari xodimlari soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlar davomida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, biznes jarayonlarni yanada optimallashtirish yuzasidan fikr almashmoqda.

Ish jarayonini optimallashtirish va standartlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur o‘rganishlar natijasida kelgusida soliq tizimi yanada avtomatlashtiriladi. Soliq sohasining biznes jarayonlarini uyg‘unlashtiradigan yagona platforma yaratiladi va respublikaning barcha soliq organlarida joriy etiladi.

Dasturiy mahsulotlar inson omilini imkon qadar kamaytirish, mamlakat soliq organlarini mijozlar uchun barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid