Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda muhojirlarga berilgan patentlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinni egalladi
2019 yilda Sankt-Peterburgda muhojirlarga berilgan mehnat patentlari soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2018 yilda shahar patentlar berishdan 7,3 milliard rubl daromad oldi, bu ko‘rsatkich so‘nggi uch yil ichida deyarli ikki baravar ko‘paygan.
Sankt-Peterburg Mehnat va bandlik qo‘mitasi raisi Dmitriy Cherneykoning ma'lum qilishicha, 2019 yil oxiriga qadar shahar boshqa mamlakatlar fuqarolariga 250 mingta mehnat patenti berishni rejalashtirmoqda.
Cherneykoga ko‘ra, bu raqam o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmagan. Xuddi o‘tgan yildagidek, patentlarning 70 foizi yoki 126 mingtasi O‘zbekiston fuqarolariga, 25 foizi (44 ming) Tojikiston fuqarolariga berilgan. Boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlar patentlar umumiy sonining atigi 2 foiziga egalik qiladi.
Ta'kidlanishicha, muhojirlarning 62 foizi 21 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
07:21 / 26.03.2026
Texnologiyalar qayerda yaratiladi: patentlar bo‘yicha davlatlar reytingi
19:11 / 19.03.2026