O‘zbekiston | 17:00 / 06.11.2019
9301
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qo‘qonda "O‘zsanoatqurilishbank"ning Bank xizmatlari markazi ish boshladi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zsanoatqurilishbankning Qo‘qon filiali qoshida Bank xizmatlari markazi ochildi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan zamonaviy tizimda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlari faol olib borilmoqda. Xususan, zamonaviy yondoshuvlar asosida barpo etilib, aholi e'tiboriga havola etilayotgan Bank xizmatlari markazining navbatdagi Qo‘qon shahrida ishga tushirildi.

Markaz ilg‘or kommunikatsiya vositalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Ularda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalari markazdagi xizmatlar sirasiga kiradi.

Markazda 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar esa hudud aholisi hamda mehmonlariga haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishlariga qulay sharoit yaratadi.

Shunday qilib, O‘zsanoatqurilishbank tizimida bank xizmatlari iste'molchilari manfaatlarini to‘la qanoatlantirib, ularga jahon standartlari darajasida xizmat ko‘rsatuvchi Bank xizmatlari markazi 27 taga yetdi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid