Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 55 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekiladi
Toshkentda kuz mavsumida 55 000dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxt hokimligida tashkillashtirilgan “Yashil hududlarni kengaytirish, daraxtlarning noqonuniy kesilishini oldini olish maqsadida ko‘rilayotgan chora tadbirlar”ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining 40 foizdan ortiq hududi yashillikka burkangan. Ammo transport vositalaridan atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gazlar mavjudligi, qurilish va boshqa omillar sabab ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun muhim choralarni ko‘rish zarur. Bu masalada taklif etilgan yechimlardan biri ko‘kalamzor hududlarni yanada ko‘paytirishdir.
Brifingda qayd etilishicha, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 2019 yil 31 oktyabrga qadar davlat xizmatlari markazlari tomonidan 31 810 dona daraxtni kesish bo‘yicha 2118 ta murojaat kelib tushgan. Arizalarning 527 tasida 5209 dona daraxt quriganligi sababli, 399 tasida 4955 dona daraxtni to‘lov evaziga, shuningdek, 3489 dona bahor oyida ekilgan yangi nihollar qurib qolganligi sabab kesilishi so‘ralgan. Mazkur murojaatlar o‘rganilib, daraxtlarni kesish bo‘yicha 4955 ta ijobiy xulosalar berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga ko‘ra, har bir kesilgan daraxt uchun 10 tup daraxt ekish majburiyati belgilangan. Shunga ko‘ra, ushbu kuz mavsumining o‘zida 55 000dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, bu ishga ko‘ngilli ravishda yordam berish hamda homiylik asosida 100 ming tup daraxt ko‘chatlarini olib berishga tayyor ishbilarmonlar ham bor. Tumanlarda esa ularni ekish uchun alohida maydonlar ajratilgan.
Brifingda daraxtlarning noqonuniy kesilishining oldini olish masalasi alohida muhokama etildi. Bu borada qonunchilikda belgilangan me'yorlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan telegramda “EcoControl-bot” ishga tushilgani haqida aytib o‘tildi va u hozirda yanada takomillashtirilayotganligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026