Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Chegara qo‘shinlari qanday holatlarda davlat chegarasida qurol va harbiy texnikani qo‘llashi mumkin?
Foto: DXX Chegara qo‘shinlari
DXX Chegara qo‘shinlari qator holatlarda davlat chegarasida qurol va harbiy texnikani qo‘llashi mumkin. DXX Chegara qo‘shinlari bu haqda eslatma bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Chegara qo‘shinlari, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash paytida quyidagi maqsadlarda qurol va harbiy texnikani qo‘llaydilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurolli bostirib kirishni daf etish;
Davlat chegarasidagi harbiy fitnalarning oldini olish;
transport vositalarini yo‘lovchilarsiz chet elga olib qochishga urinish hollarining oldini olish.
Qurol va harbiy texnika Davlat chegarasini buzuvchilar kuch ishlatgan hollarda ularga qarshi javob sifatida yoki qoidabuzarlikning oldini olish yoxud qoidabuzarlarni boshqa vositalar bilan ushlashning iloji bo‘lmagan hollarda ham qo‘llaniladi.


Zarur hollarda Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi QK boshqa qo‘shinlarining qurol va harbiy texnikasi qo‘llanilishi mumkin.
Qurol va harbiy texnikani qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Mavzuga oid
08:39 / 06.01.2026
Qo‘qon va Farg‘onada “opiy” va “gashish”ning katta partiyalari musodara qilindi
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:59 / 20.12.2025