Özbekiston Bojxona qömitasi raisi birinçi örinbosari Ğayrat Nosirov hamda Qozoğiston Davlat daromadlari qömitasi raisi Jandos Duysimbiyev boşçiligidagi delegatsiyalar «Ğiştköprik»–«Jibek jöli» çegara nazorat-ötkaziş punktlarida amalga oşirilayotgan modernizatsiya işlari bilan tanişdi.
Sönggi yillarda Özbekistonda çegara infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida yangilaş, ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş va raqamli texnologiyalarni keng joriy etişga qaratilgan islohotlar izçil amalga oşirilmoqda. Şu doirada «Ğiştköprik» bojxona posti zamonaviy intellektual bojxona majmuasi sifatida faoliyat yuritişi uçun qayta jihozlandi.

Postda avtomatlaştirilgan nazorat tizimlari, yuqori aniqlikdagi inspeksion-körik skanerlari, xavflarni boşqariş mexanizmlari hamda ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan. Bu esa fuqarolar, transport vositalari va tovarlarni tezkor hamda şaffof tarzda nazorat qiliş, rasmiylaştiriş jarayonlarini soddalaştiriş imkonini beradi.
Şuningdek, Qozoğiston tomonidagi «Jibek jöli» bojxona posti ham zamonaviy muhandislik yeçimlari va raqamli boşqaruv texnologiyalari asosida modernizatsiya qilinmoqda.

Uçraşuvda ikki mamlakat bojxona xizmatlari örtasida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, tovarlar va transport vositalari böyiça elektron ma’lumot almaşinuvini rivojlantiriş, qöşma raqamli yeçimlarni joriy etiş hamda çegara nazorati samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar amalga oşirilayotgan işlar taşqi savdo hajmini köpaytiriş, tranzit taşuvlarini jadallaştiriş, logistika yölaklarining raqobatbardoşligini oşiriş va çegaradan ötiş tartib-taomillarini yanada soddalaştirişga xizmat qilişini ta’kidladi.












