Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi taşkil etiş uçun yaroqli turar-joy binosiga ega bölgan va unda yaşovçi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan körsatiladi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati yozmoqda.
Oilaviy mehmon uyi egasining oila a'zolari bilan birga yaşaş tamoyili böyiça bir vaqtning özida 10 nafargaça taşrif buyuruvçilarga (turistlarga) vaqtinça yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar körsatuvçi, şuningdek, har bir yaşovçi şaxsga 3 kv. metr hisobidan töğri keladigan turar-joy maydoniga ega bölişi kerak.
Bunday tartib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi 631-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi nizomga asosan belgilangan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlaştiriş soddalaştirilgan holda, oilaviy mehmon uylarini örganiş dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritiş va Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan tegişli köçirma beriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi oilaviy mehmon uylarini röyxatga oliş va Oilaviy mehmon uylari yagona reyestrini yuritişni amalga oşiradi.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini amalga oşiruvçi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan prezidentning 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasiga asosan tovarni realizatsiya qilişdan tuşgan tuşumi 100 mln. sömgaça qat'iy belgilangan soliq tölovlarini tölaydi.
Oilaviy tadbirkorlik sub'yekti nomidan iş yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkor har oyda bazaviy hisoblaş miqdoridan kam bölmagan miqdorda yagona ijtimoiy tölovni tölaydi.
Oila a'zolari tomonidan qat'iy belgilangan soliq tölovidan ozod etilgan bölib, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan oilaviy korxona iştirokçisi bölgan har bitta oila a'zolari uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi miqdorida yagona ijtimoiy tölov amalga oşiriladi.
Tijorat banklari tomonidan Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'yektlarining buyurtmalariga binoan bazaviy hisoblaş miqdorining 300 barobarigaça miqdorda beş yil muddatga, şu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasidan yuqori bölmagan stavka böyiça imtiyozli kreditlar ajratilişi belgilangan.












