Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy valutalar bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgani ma'lum bo‘ldi
2019 yil 7 noyabr kuni Toshkent shahri aeroportlarida Xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida profilaktik chora-tadbirlar olib borilgan.
IIV axborot xizmatiga ko‘ra, uning davomida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro R.I. shu kuni “Ostona-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.N. bilan uning yonida bo‘lgan 5 000 Rossiya rublining 3 000 rublini 390 ming so‘mga ayirboshlab, qolgan 2 000 rublini qaytim sifatida berayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan valuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish huquqbuzarligi sodir etganligi uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Fuqarolarimizdan xorijiy valutadagi mablag‘larini banklarning shoxobchalarida ayirboshlashlarini so‘rab qolamiz. Bu bilan ular o‘zlarini firibgarlik jinoyatlarining qurboniga aylanib qolishdan asragan bo‘ladilar”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
08:36 / 15.05.2026