Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston bosh vaziri prezident saylovlari natijalarini tan olishdan bosh tortdi
Afg‘oniston bosh vaziri Abdulloh Abdulloh mamlakatda 28 sentyabrda o‘tgan prezident saylovlaridagi ovozlarni qayta hisoblashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
“Hiyla-nayrang bilan buzilgan saylovlar tan olinmaydi. Natijalar xalqimizning ro‘y-rost ovozlariga asoslanishi lozim”, deb aytgan Abdulloh Kobulda tarafdorlari oldidagi nutqida.
Saylov natijalari hanuzgacha e'lon qilinmagan. Abdullohning saylovlardagi bosh raqibi amaldagi prezident Ashraf G‘ani bo‘lgan.
Abdulloh avval o‘tgan prezident saylovlarida ikki marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan va yuz minglab ovozlar qonuniyligiga shubha bildirgan.
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, joriy saylovlarda qayd qilingan 9,6 mln saylovchidan bor-yo‘g‘i 2 mlndan ko‘prog‘i ishtirok etgan.
Oktabr oxirida Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi raisi Havo Alam Nuristoniy prezident saylovlarining dastlabki natijalari 14 noyabrda e'lon qilinishiga va'da bergandi.
Mavzuga oid
10:50
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026