Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksandr Lukashenko 2016 yildan beri ilk bor Yevropa Ittifoqi davlatiga tashrif buyuradi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2016 yil may oyidan beri birinchi marta 11-12 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi davlatiga tashrif buyuradi. Lukashenko Avstriyaga tashrif amalga oshiradi.
Belarus prezidenti unga qarshi amal qilgan sanksiyalar tufayli Yevropa Ittifoqi davlatlariga uzoq vaqt tashrif buyura olmagan. Biroq 2016 yilda Belarus va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar Minskning Ukraina sharqidagi ixtilofni hal qilish pozitsiyasi sababli iliqlashgandi. Yevropa Ittifoqi bungacha G‘arb davlatlari tomonidan 20 yilga yaqin siyosiy va iqtisodiy bosim ostida bo‘lgan Belarusdan deyarli barcha sanksiyalarni olgan.
Shu yiliyoq Lukashenko Italiya va Vatikanga tashrif amalga oshirgan.
Sanksiyalar bekor qilingandan keyin Lukashenko bir necha bor Yevropa Ittifoqiga turli tadbirlarga taklif qilingan, biroq bu tashriflar bo‘lib o‘tmagan. Belarus tomoni buni “tashrif buyurish uchungina tashrifga hojat yo‘qligi” bilan tushuntirgan.
Mavzuga oid
10:35 / 16.07.2026
Belarusga 5 ming nafar o‘zbekistonlik ishchi yuborish rejalashtirilmoqda
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
21:51 / 10.07.2026