Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatini yaxshilash maqsadida so‘rov o‘tkazilmoqda
Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash, quyi bo‘g‘inlarda ish qanday tashkil etganini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Sizning yordamingiz bilan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati faoliyatini yaxshilash maqsadida so‘rov o‘tkazilmoqda. 2 daqiqa vaqtingizni ayamang!», deyiladi e'londa.
So‘rovda ism-familiya yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlar so‘ralmaydi. Faqatgina joylardagi «pasport stol» xodimlarining odamlar bilan muomala qilish madaniyati, vakolatli shaxslar tomonidan muammoni hal qilish uchun tamagirlik holatlari kuzatilishi, migratsiya bo‘linmalarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasi, navbatsiz qabul qilish uchun tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilgan-qo‘yilmagani haqidagi savollarga javob berish so‘raladi.
Mazkur havola orqali so‘rovda ishtirok etish mumkin.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026