Jamiyat | 17:48 / 11.11.2019
4777
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi uylardan birini sotib olishda yordam berishini va'da qilib, katta miqdorda pul olgan shaxs ushlandi

Foto: iStock

Toshkentda yangi qurilgan uylardan xonadon xarid qilishda yordam berishini va'da qilib, katta miqdorda pul olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yil 15 oktabr kuni Olmazor tumanida 31 yoshli J.K. 28 yoshli E.X.ga yangi qurilgan uydan xonadonni olib berishini va'da qilgan. Undan 12.500 AQSh dollari olgan J.K. va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Notanish shaxslar muammongizni hal qilishlariga ishonmang. Masaladan kelib chiqqan holda vakolatli mutaxassislarga murojaat qiling”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid